Qizig‘i shundaki, jonivor qatorasiga ikkita o‘yinning g‘olibini aniq «topishga» muvaffaq bo‘lgan.

Har bir o‘yindan oldin, mushukning oldiga ikkita tovoqda ovqat qo‘yiladi. Ularga bahsda ishtirok etuvchi jamoalarning bayroqchalari biriktirilgan. Mushuk qaysi tovoqdan birinchi bo‘lib ovqat yesa, o‘yin g‘olibi shu jamoa bo‘lishi taxmin qilinadi.

Axill shu paytgacha ikkita o‘yinda bashoratchilik qildi. Xususan, u Rossiya - Saudiya Arabistoni (5:0) va Marokash - Eron (0:1) o‘yinlarining g‘olibini aniq «topishga» muvaffaq bo‘lgan.