«Jamoa aeroportdan biroz xafa kayfiyatda keldi, biroq mehmonxonaga kirish chog‘ida ularni uch qavatli tort kutib turgandi. Unda tabrik yozuvi va tilla rangdagi butsa bo‘lgan. Saloh va futbolchilar bayramona muhitni ko‘rib, tabassum qila boshlashdi», - deya aytib o‘tgan guvohlardan biri.
Misr terma jamoasi mundialning ilk bahsida Urugvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Misrliklar keyingi bahsni Rossiya termasiga qarshi 19 iyun kuni o‘tkazadi. Bellashuv «Sankt-Peterburg» stadionida bo‘lib o‘tadi.












