Xabarda aniqlik kiritilishicha, yangilanishlar kelasi bir necha oy ichida ishlab chiqiladi va ular "kuch-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi ish madaniyati uchun" mo‘ljallangan. 

Yangilanish birinchi navbatda Word'ning Office.com uchun veb-versiyasida bo‘ladi, iyun oyi oxirida foydalanuvchilar Windows uchun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Yana bir oydan keyin Windows uchun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uchun yangi Outlook paydo bo‘ladi.