Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiylar o‘zlariga biriktirilgan qurol-aslahalar bilan maydonda saf tortgan harbiy xizmatchilarga batalon komandiri tomonidan harbiy-siyosiy vaziyat, shartli dushman va uni yengish usullari yetkazildi hamda jangovar buyruq berildi. Qisqa vaqtda tayyorlangan shaxsiy tarkib 30dan ziyod jangovar texnikalarda 120 km masofaga marsh yurdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Dala o‘quv maydoniga yetib kelgan bo‘linmalar bilan 10ta o‘quv joyida amaliy mashqlar tashkil etildi. Taktika, topografiya, muhandislik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, aloqa tayyorgarligi, jangovar mashinalarni boshqarish, qurollardan kunduzi va tunda  o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan harbiy mashqlar harbiylarning bilim va malakasini oshirishga xizmat qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati