«Bizni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov va uning kompleksidagi bir necha vazir o‘rinbosarlari biznes-iftorga taklif etdi. Iftorlik shunday do‘stona va norasmiy tarzda o‘tdiki, men 5 soat qanday o‘tib ketganini sezmay ham qoldim. Turli mavzular haqida gaplashdik, bir-birimizni diqqatlik bilan eshitdik. Iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirish, bojxona-soliq islohoti, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes-uyushmalar o‘rni, ichki va tashqi sarmoyadorlar, boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasi haqida so‘z yuritdik», - deya yozgan H.Abdurahmonov.

Tadbirkorning e'lon qilgan fotosuratlaridan ko‘rish mumkinki, iftorlikda bir qator taniqli ishbilarmonlar ham qatnashgan. Xususan, ular orasida Korzinka.uz asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov ham bor.

Foto: Facebook/Hikmat Abdurahmanov
Foto: Facebook/Hikmat Abdurahmanov
Foto: Facebook/Hikmat Abdurahmanov
Foto: Facebook/Hikmat Abdurahmanov

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, iftorlik marosimida 19ta eng ustuvor va muhim masalalar ro‘yxatini tuzishga kelishib olingan. Ularni Jamshid Qo‘chqorov va uning jamoasi biznes-hamjamiyat bilan 2019 yil boshigacha hal qilishi lozim bo‘ladi.