Kuchli yomg‘irlar sababli daryo va suv omborlaridagi suv sathi keskin ko‘tarilgan. Mamlakat bosh avtomagistrallarining ba'zi qismlari suv ostida qolib, transport qatnovini to‘liq to‘xtatgan. Shuningdek, temir yo‘l aloqasi ham izdan chiqqan. 

Yomg‘irlar Kuba yaqinidagi Meksika ko‘rfazida bir necha kun “Alberto” subtropik to‘foni hukm surgani sababli chaqirilgan. 28 may kuni to‘fon markazi AQShning Florida shtatiga yetib bordi.

Kubaning Sankti-Spiritus viloyatida mamlakatdagi eng yirik daryolardan biri Sasa qirg‘oqlaridan toshgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligiga zarar yetgan. 

Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar kamida yana bir kun davom etadi.