Xabarda aytilishicha, poligon buzilishi vaqtida atrof-muhitga radiatsiya tarqalmagan.
“Yadroviy poligon barcha tunnellar portlatish yo‘li bilan to‘liq buzilib, ularga kirishni butkul yopadigan qilib yo‘q qilingan. Shu bilan birga qo‘riqlash obektlari va kuzatuv postlari ham portlatilgan”, deb aytilgan xabarda.
Pxungeri Shimoliy Koreya yadroviy dasturining eng muhim obektlaridan biri hisoblangan. 2006 yildan 2017 yilgacha bu poligonda oltita yadroviy sinov, jumladan termoyadro bombasi sinovi o‘tkazilgan.
Yadroviy poligonning buzilishini 5 ta davlatdan taklif qilingan jurnalistlar kuzatib borishgan.











