«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.
Sports Houchi tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu ispaniyalik futbolchi «Vissel Kobe» klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
Ispaniya chempionatining 38-turida «Real Sosedad»ga qarshi kechadigan uchrashuv yakunlanishi bilanoq Inesta Yaponiyaga uchib ketadi.
Unga «Barselona»ga homiylik qilayotgan Rakuten kompaniyasi prezidenti Xiroshi Mikitani hamrohlik qiladi, u «Vissel Kobe» klubining ham xo‘jayini hisoblanadi.
Inesta keyingi hafta boshida, dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.











