Videoda ilon uning ustiga o‘tirib olgan qizchalarni go‘yoki sezmagan holda beparvo sudralishda davom etib, qizchalardan hattoki “qutulishga” harakat qilmayotganini ko‘rish mumkin.  Videoda qizchalarning xursandligini ko‘rib, ular bunday “ko‘ngilxushlik”ni birinchi marta sodir etmayotganlari haqidagi fikrga kelish mumkin.

Foydalanuvchilar o‘z izohlarida ilonning bunday osoyishtaligi sirini aniqlashga harakat qilib, suratga olish vaqtida uning qorni to‘q bo‘lgan, degan xulosaga kelishgan.