“7 maydagi sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar sinov poligonining demontaji to‘liq borayotganiga ishonchli isbotlar keltiradi”, deb yozmoqda nashr.
Portalning ta'kidlashicha, bir nechta yordamchi bino buzib tashlangan. Shuningdek, vagonetkalar uchun relslar olib tashlangan.
Recent commercial satellite imagery has provided definitive evidence that the #DPRK has begun dismantling the Pungge-ri Nuclear Test Sitehttps://t.co/ILVR1hpmlw
— 38 North (@38NorthNK) May 14, 2018
Ba'zi muhimroq inshootlar, jumladan ikkita eng katta bino – qo‘mondonlik punkti va ma'muriy binoga tegilmagan. Shuningdek, tunnellarga kirish joylari ochiq qolgan. Portalning taxminicha, bu poligonning yopilishi marosimida jurnalistlar ishtirok etishi va tunnellar ularning ko‘z o‘ngida portlatilib buzilishi va ularga kirish yo‘llari yopib tashlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, poligondan barcha ilmiy xodimlar va qo‘riqchilar olib chiqiladi. Poligonning sinov shaxtasi portlatilib, so‘ngra yer sirtidagi barcha binolar buzib tashlanadi. Marosimda Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiyadan jurnalistlar ishtirok etisha oladi.











