«Men sizning boshchiligingizdagi hukumat Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida biz bilan do‘stona hamda ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantiradi, deb hisoblaymiz», — degan Putin.
Nikol Pashinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi bosh vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazirga aylanishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tepasiga keldi.












