O‘zbekistonning viloyat va shahar musobaqalarida kimyo fanidan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 12 nafar maktab o‘quvchisi ushbu olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Musobaqalar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi a'zolari faxrli o‘rinlarni egallashdi. Dildora Hakimboyeva va Zebuniso Tursunova olimpiadaning kumush medali sohibi bo‘lishdi. Saida Ortiqboyeva, Islomjon Karimov, Ulugbek Boyirbekov, Jaloliddin Oloviddinov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Olimpiada tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirlar, ekskursiyalar davomida ishtirokchilar Minsk shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar dunyoning turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘rnatishdi.










