Olimlar 1,6 mln kvadrat kilometr maydon ustida yomg‘ir chaqirishga muvaffaq bo‘lishlariga umid qilmoqdalar. Yomg‘ir ko‘rinishida tushadigan suv hajmi Xitoyda yiliga iste'mol qilinuvchi umumiy ichimlik suvining 7 foiziga teng bo‘ladi. Yomg‘ir hosil qiluvchi tizimlarning dastlabki sinovlari Tibet, Sintszyan va boshqa tog‘li hududlarda o‘tkazilgan va u yerlarda 500 ga yaqin kamera o‘rnatilgan.
Tizim bulutlarning fazaviy holatini o‘zgartirish uchun atmosferaga maxsus reagentlar chiqarilganda bulutlar chaqirish uchun mo‘ljallangan. Bunda suv bug‘i ko‘p miqdorda bo‘lgan havo massalarida kristallashuv markazlari hosil bo‘ladi, bu esa yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Kumush iodidi kristall strukturasi muzni eslatgani sababli, bu moddaning hattoki kichik miqdori suv tomchilarining kuchli kondensatsiyasini hosil qiladi.











