“O‘zbekistonda diniy islohotlar juda katta bo‘lyapti, buni hammamiz ko‘rib turibmiz. “Jaholatga qarshi ma'rifat” tamoyilining o‘zi diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning eng yuksak g‘oyasi bo‘ladi. Ana shu asosda ish olib boriladi. 

Foto: Xalqaro Press-klub

Yana bir narsa, bugungi kunda diyorimizga Allohning ne'matlari marhamat qilingan ekan, mana 24 aprel kuni 1-Respublika Qur'on musobaqasining yakuniy bosqichini yakunladik. Bu musobaqani o‘tkazishimiz butun dunyoda katta rezonans berdi. Ular O‘zbekistonda barcha sohalar singari diniy sohada ham olib borilayotgan islohotlarga tahsin aytmoqda. 

Foto: Xalqaro Press-klub

Allohning marhamatini qarangki, biz ushbu musobaqada qorilar diyori bo‘lgan Andijondan, yoinki Namangan yo Farg‘onadan g‘olib chiqsa kerak, deb o‘ylagan edik. Qorilarimiz juda tirishqoqlik bilan bellashdilar. Ammo Allohning inoyatini qarangki, musobaqaning oliy o‘rin sohibi qoraqalpoq diyordan chiqyapti. Buni Allohning marhamatining shu diyorga yog‘ilganini ko‘rsatadi. Bandaning emas, Allohning aytgani bo‘ladi. Bizga butun dunyodan kelayotgan tabriknomalarda bizlarning bu sohadagi ishlarimizni e'tirof etishmoqda”, - dedi muftiy Usmonxon Alimov hazratlari.