Ta'kidlanishicha, 27 kishi, jumladan 2 general qamoqda saqlanishning qattiqqo‘l sharoitlarini, qolgan 20 kishi esa oddiy sharoitlarni nazarda tutuvchi jazoga tortilgan. Bundan tashqari, 217 kishi “konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga ko‘mak berish va urinish” uchun 12 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinganlar. Jazolanganlar Anqaradagi artilleriya-raketa maktabida va artilleriya brigadasida xizmat qilishgan. Shuningdek, sud ushbu ish bo‘yicha o‘tgan 64 gumonlanuvchi, jumladan 63 harbiyni ozod qilgan.