Tolyattidagi zavodda BMW X5, Toyota Land Cruiser, VW Touareg, KIA Sorento yoki hattoki UAZ “Patriot” kabi to‘liq privodli yo‘ltanlamaslarning muqobili yo‘q. Shu sababli bu borada havaskorlarning o‘zlari g‘oyalar berishmoqda. Misol uchun, rossiyalik dizayner Aleksandr Shtorm Lada brendidagi bunday mashina qanday ko‘rinishi mumkinligi borasidagi farazlari bilan bo‘lishdi. Quyida XXL o‘lchamidagi Lada qanday ko‘rinishi mumkinligi tasvirlangan.










