Ma'lum qilinishicha, yong‘in chiqqan kvartirada yashagan odam halok bo‘lgan. U shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. 

“Biz hozir yong‘in nima sababli chiqqanini bilmaymiz”, deb aytgan o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Deniyel Nigro.

Uning ta'kidlashicha, yong‘in vaqtida Tramp oilasining birorta a'zosi binoda bo‘lmagan. Binoning eng yuqori 58-qavatida Tramp kompaniyasining ofisi joylashgan. Trampning oilasi Oq uyga ko‘chib o‘tguncha, shu binoda yashagan. Shuningdek, 2016 yilda ushbu binoda Tramp saylovoldi kompaniyasi shtabi joylashgan. 

Tramp tvitter orqali yong‘in o‘chirilganini ma'lum qilgan va o‘t o‘chiruvchilarga qilingan ish uchun minnatdorlik bildirgan. 

Yanvarda ham binoda yong‘in yuz bergandi. O‘shanda 2 kishi jabrlangandi. Yong‘inning sababi sifatida shamollatish tizimidagi elektr liniyasining nosozligi aytilgan.