Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 238-son qarori bilan Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida (JBPT) ishtirok etish ikki shaklda amalga oshiriladi:
- ish beruvchilar, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolar uchun – majburiy (agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa). Hisobga qo‘yishga murojaatni ish beruvchi beradi;
• yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari a'zolari, shuningdek boshqa fuqarolar uchun – ixtiyoriy tartibda. Hisobga qo‘yishga murojaatni fuqaro beradi. - arizachilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi;
• anketada noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatilishi.
Hujjat 1.04.2018 yildan amalga kiritiladi.











