O‘yin Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi. Soat 23:55da boshlanadigan bahs «Sport TV» orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni terma jamoa Afrikaning boshqa vakili - Senegalga qarshi bahs o‘tkazgan va 1:1 hisobida durang qayd etgandi.

Ma'lumot uchun, Marokash shu yil Rossiyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida ular Ispaniya, Portugaliya va Eron jamoalari bilan bellashadi.