"Sobchakning ro‘yxatida 16 familiya bor: Dmitriy Borisov, Stanislav Zimovets, Aleksandr Kolchenko, Vladimir Lapigin, Sergey Moxnatkin, Oleg Navalniy, Aleksandr Sokolov, Oleg Sentsov va boshqalar", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, prezident uning iltimosnomasini ko‘rib chiqishga va'da bergan.
Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi Aleksey Navalniy va uning ukasi Oleg 2014 yilning dekabrida “Iv Roshe” kompaniyasidan 26 mln rubl hamda “Ko‘p profilli protsessing kompaniyasi”dan 4 milliondan ko‘proq rublni talon-toroj etgani uchun sudlandi. Kuchga kirgan hukmga ko‘ra, Aleksey Navalniy shartli ravishda uch yarim yil oldi, Oleg Navalniy esa – xuddi shunday muddatli, faqat haqiqiy qamoq tarzida.











