Uning so‘zlariga ko‘ra, laynerning halokatga uchrash joyi Seyshel arxipelagining Ruand orolidan 16 kilometr janubidagi suv tubida joylashgan. Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilar qidiruv ishlari davomida bu sektorni avval o‘rganib chiqishmagan.

Erkak olingan natijalarni Avstraliya transport va xavfsizlik byurosiga topshirdi.

2014 yilning 8 martiga o‘tar tunda Malaysia Airlines aviakompaniyasining Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amalga oshirayotgan hamda bortida 227 yo‘lovchi va ekipaj 12 nafar a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 avialayneri radarlar ekranidan yo‘qolib qoldi.

Shu yilning yanvar oyida esa Malayziya hukumati izsiz yo‘qolgan laynerni qidirish ishlari boshlanishiga ruxsat berdi.