Tillerson xayrlashuv brifingida Rossiya olib borgan siyosat uni izolyatsiyaga olib kelganini ma'lum qildi.

U Rossiyaning yakkalanib qolishi hech kimning manfaatlariga mos emasligini qayd etgan.

«Rossiya hukumatining harakatlari olib keladigan xavotirlar bo‘yicha hali juda ko‘p ishlarni amalga oshirish kerak», — degan Tillerson.

U o‘zining vakolat muddati rasman 31 mart kuni yakunlanishi, lekin o‘zi hozirdan shaxsiy hayotga qaytmoqchiligi, shu tufayli uning vazifalarini o‘rinbosari Jon Sallivan bajarib turishini ma'lum qildi.

«Eng asosiysi — bu vaqt davomida vakolatlar yangi rahbarga osoyishtalik bilan o‘tishi, bu o‘zgarishlar davrida mamlakat siyosat va milliy xavfsizlikda jiddiy muamolar bilan to‘qnashmasligidir», — deya qayd etgan Tillerson.