Melniker «Betmen» (Batman), «Betmen: Ibtido» (Batman Begins), «Qora ritsar» (The Dark Knight), «Adolat ligasi» (Justice League) filmlarida ishlagan.

Bundan tashqari, u «Ayol-mushuk» (Catwoman) va «Konstantin: Zulmat hukmdori» (Constantine) kartinalariga prodyuserlik qilgan.

Melniker MGM studiyasiga 1939 yilda kelgan, u Hollivudning oltin asrlarida yashagan. Uni «MGM sheri» deb atashardi.