Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Muhammad Abdusalom Molenbek kommunasida 70 ming yevrolik talonchilikni tergovdan o‘tkazish doirasida qamoqqa olingan.

Gap yanvar oyida ro‘y bergan talonchilik haqida ketmoqda. O‘shanda pichoq bilan qurollangan erkak bankka naqd pul mablag‘larini olib ketayotgan kommunaning ikki xizmatchisiga hujum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni Bryusselda 2015 yilgi Parij teraktlaridagi bosh ayblanuvchi Saloh Abdusalomga nisbatan sud jarayoni boshlangani xabar qilingandi.