Ma'lum qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 15:10da samolyot radarlardan yo‘qolgan. U «Domodedovo» aeroportidan havoga ko‘tarilgandi. Uning bortida 65 nafar yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu samolyot «Saratov avialiniyalari» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, samolyotdagilarning omon qolganiga umid yo‘q.

Ayni vaqtda tegishli xizmatlar hodisa sabablarini o‘rganmoqda. TASS ma'lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar samolyot qulagani aytilayotgan hududga yo‘l olgan.

Mash xabariga ko‘ra Ramenskdagi Argunovo qishlog‘i yaqinida halokatga uchragan havo kemasining ilk qoldiqlari topilgan.