Bugun, 31 yanvar kuni o‘zbekistonlik bokschilar yarim final bellashuvlarida ringga chiqadi.
10 vazn toifasida turnirga borgan O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili yarim finalga chiqqan. Mironshoh Ibragimov (49 kg) nimchorak finalda, Sherbek Rahmatullayev (60 kg) va Laziz Mullajonov (+91 kg) chorak finalda turnirni tark etdi. O‘zbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchini Hindistonga yubormay, 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi ikki bokschini, Bahodir Jalolov va Laziz Mullajonovni turnirga jo‘natgan.
Endi final yo‘llanmasi uchun O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi 7 nafar vakili jang qiladi.
Ushbu havola orqali sportchilarning ishtirokini kuzatish mumkin.











