Devor davlat chegarasida barpo etiladi. Zokir 5,7 ming km.ga teng chegara xavfsizligini kuchaytirish istagini “xorijdan ekstremizm, ayirmachilik va terrorchilik unsurlarining kirib kelishidan himoyalanish zarurati” bilan tushuntirgan.  

“Biz muhim viloyatlarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta'minlashda hech qanday tirqishlar yoki ilg‘anmas joylar qolmasligi uchun barcha imkoni bor ishni qilamiz”, deb aytgan Zokir Urumchidagi kongressda.   

Zokirning qo‘shimcha qilishicha, viloyat rahbariyati xavfsizlik maqsadida internet ustidan nazoratni kuchaytiradi va chegaraoldi hududlari infratuzilmasini yaxshilaydi.