«O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uchrashuv chog‘ida homiylik, marketing va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. O‘z o‘rnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati o‘zgargan va yangidan tashkil qilinayotgan O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida titul homiy bo‘lishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi», deyiladi O‘FF bergan xabarda.
Manbada qayd etilishicha, titul homiylik masalasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Ma'lumot uchun, CBC Group kompaniyasi turli ichimlik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, butun dunyoda o‘z filiallariga ega konsern sanaladi.











