Olmos Gem Diamonds’ga tegishli bo‘lgan Letseng olmos konidagi ishlar davomida topildi, uning qiymati taxminan 40 mln dollarga baholanmoqda. 910 qirotli rangsiz (D shkalasi) tosh II-turga kiradi – aralashmalarga ega bo‘lmagan olmoslarga. Bunday toshlar tabiiy olmoslar orasida faqat 1-2 foiz holatlardagina topiladi.
«Gem Diamonds Letsengni 2006 yilda xarid qilganidan so‘ng, konda dunyodagi eng mashhur olmoslar topildi, jumladan 603 qirotli «Lesoto va'dasi», - deya ta'kidlab o‘tdi kompaniya ijrochi direktori Klifford Elfik. – Biroq, yuqori sifatdagi bu olmos – bugungi kunda topilganlar ichidagi eng yirigidir. Bu ajoyib topilma».
Shunday olmos topilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgach, kompaniya aksiyalari 14 foizga o‘sgan.











