Ushbu hodisa qayd qilingan videoda 68-qavatli binoning tomidan qora tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Yong‘in joyida 84 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlagan. Yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ma'lum qilinishicha, yong‘in oqibatida ikki kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. 

Kvartiralar va ofislar joylashgan bu bino Tramp AQSh prezidenti bo‘lishidan oldin uning qarorgohi bo‘lgan.