New York Magazine nashrining ushbu kitobdan keltirgan qismida aytilishicha, Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner kelgusida mamlakatni boshqarish uchun hozirda prezident ma'muriyatiga kirishgan.

«Ular o‘rtasida kelishuv bor: agar kelgusida imkoniyat tug‘ilsa, u prezidentlikka nomzodini qo‘yadi», — deyilgan xabarda.

Shuningdek, Kushner va Ivanka Donald Trampning hech qanday majburiyati yo‘q maslahatchilari hisoblanishadi. Jurnalistning aytishicha, «ular nimani ko‘ngli tusasa, shuni qiladi». 

Bundan avvalroq Vulffning kitobi 9 yanvar kuni sotuvga chiqishi, ammo OAVda undan parchalar e'lon qilinayotgani va bunga Oq uy tanqidiy munosabatda bo‘layotgani haqida xabarlar berilgandi.