«Minora»ning balandligi deyarli 36 metrni tashkil etdi, bu esa 12 qavatli uy bilan barobar degani. Minora quruvchilari o‘tgan yili Germaniyada o‘rnatilgan 35,47 metrlik avvalgi rekordni yangilashdi.
Loyiha Tel-Aviv munitsipaliteti tomonidan tashkillashtirildi, u Lego’ning katta ishqibozi, sakkiz yoshida saraton tufayli hayotdan ko‘z yumgan Omer Sayaguga bag‘ishlandi. Minorani qurishda minglab mahalliy fuqarolar qatnashgan.











