LG birinchi marta sun'iy idrokka CES 2017 ko‘rgazmasida qiziqishini ko‘rsatib berdi va DeepThinQ texnologiyasini taqdim etdi hamda joriy yilda ishlab chiqarilayotgan premium-sinfdagi barcha qurilmalariga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyatini qo‘shishga qaror qildi. Iyun oyida Seuldagi Bosh Texnik Ofis bazasida LG kompaniyasi sun'iy idrok laboratoriyasini ochdi, u SIni ovozli buyruqlar, tasvirlar va datchiklarni taniy oladigan, shuningdek ular yordamida boshqariladigan hamda o‘qitiladigan texnologiyalardan foydalanish orqali to‘plangan tadqiqotlarni uyg‘unlashtirish maqsadida tashkil etildi. LG’ning sun'iy idrok laboratoriyasi atrof-muhitni tahlil qiluvchi dunyodagi birinchi konditsionerni, shuningdek «aqlli» muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari va changyutkich-robotlarni ishlab chiqishda ishtirok etdi.
«ThinQ brendidan maqsad - LG intellektual texnikasi sizning hayotingizni yaxshiroq qilish maqsadida ishlashini ko‘rsatib berishdir, - deydi LG Xalqaro marketing markazi rahbari Xan Chan Xi (HanChang-hee). – Sun'iy idrok – bu texnologiyalardagi keyingi bekat. Biz maishiy texnika hamda iste'mol elektronikasini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lganimiz holda, sun'iy idrokning qo‘llanilishi yanada kengroq tarqalishi va kamroq xavotirga sabab bo‘lishiga javobgarmiz».
9-12 yanvar kunlari CES ko‘rgazmasida LG pavilonining ThinQ zonasida 2018 yilda sun'iy idrok texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqariluvchi qurilmalarning keng assortimenti taqdim etiladi.
Reklama huquqi asosida











