Germaniyaga pul topgani yoki boshpana izlab kelgan musulmonlar soni 2050 yilgacha umumiy aholining 6 foizidan 11 foizigacha oshadi. Yevropada esa bu nisbat 5 foizdan 11 foizgacha oshadi.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, 2010-2016 yillarda Yevropaga 1,6 mln qochqin kelgan bo‘lsa, ulardan 78 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Germaniyaga kelganlarning 86 foizini musulmonlar tashkil qiladi.
Agar Yevropaga qochqinlar kelishi davom etaversa, unda musulmonlarning miqdori 2050 yilgacha 14 foizgacha oshadi. 2016 yilda esa bu ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil qilgan. Germaniyada esa bu ko‘rsatkich 6,1 foizdan 20 foizgacha oshadi.
Migratsiya nol darajada bo‘lgan ssenariyga ko‘ra 2050 yilga kelib Yevropada 30 mln musulmon bo‘ladi va ular umumiy aholining 7,4 foizini tashkil qiladi. Bu holat musulmon aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasi yuqoriligi bilan bog‘langan.











