Foydalanuvchilarni Melanya Tramp matbuot kotibi Stefani Grishemning surati ayniqsa hayratlantirgan. Grishem qorong‘i yo‘lak fotosuratini e'lon qildi, uning har ikki tomonida esa pastki qismidan yoritilgan quruq shoxlar turibdi. Internetda yo‘lakni «Narniya xronikasi», «Favn labirinti» yoki «Yog‘du» kabi fantastik va xorror-filmlar uchun ajoyib dekoratsiya sifatida qabul qilishgan.

Ba'zilar esa dekoratsiyalarni AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp tomonidan Shukrona kuni uchun foydalanilgan noodatiy bezaklar bilan taqqoslashdi.