15 noyabrda Rossiya davlat dumasi amaldagi qonunchilikka tuzatishlarni kiritishni ma'qullagandi. Tuzatishlarga ko‘ra, Rossiyada faoliyat yurituvchi xorijiy OAVni xorijiy agentlar deb tan olish imkoni ko‘zda tutilgan. Ushbu qonun Rossiya OAV, jumladan xorijiy kapitalga ega bo‘lganlariga ta'sir qilmaydi.
Deputatlarning ta'kidlashlaricha, OAV-xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun AQShning Rossiya OAVga nisbatan amalga oshirgan harakatlariga javoban kiritilmoqda. Avvalroq AQShda Rossiyaning RT telekanali xorijiy agent deb tan olingandi.
Qonunni Rossiya prezidenti huzuridagi inson ququqlari kengashi tanqid qilgandi va shu sababli uni davlat dumasiga qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarishni taklif qilgandi.











