«Qambar-Ota GES-1 bo‘yicha yaxshi muzokaralar olib borildi, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev yaxshi yakunlarga keldi, sababi O‘zbekiston avval qarshi edi, endi esa qo‘llab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston loyihaga aksiyadorlardan biri sifatida kirmoqchi. Shuning uchun, o‘ylashimizcha, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va boshqa qo‘shnilar bu GESni qurishi kerak», - deya aytib o‘tdi.
Deputatning qo‘shimcha qilishicha, Qambar-Ota GES-1 qurilishida ta'sischilar sifatida qo‘shni davlatlar kerak, sababi ular ehtimoliy xaridorlardir.
Bosh vazir bu masala ko‘rib chiqilishi, biroq asosiysi – mintaqadagi xavfsizlik masalasi ekanini aytdi.
«Biz, albatta, o‘zimizning milliy manfaatlarimizni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak, biroq qo‘shnilar bilan munosabatlar ham milliy manfaat sanaladi. Mening fikrimcha, O‘zbekiston bilan GESni qursak, bu juda to‘g‘ri qaror bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi u.











