Musobaqada 4 nafar og‘ir vazndagi jangchi: Yemelyanenko, UFC’ning sobiq chempioni Frenk Mir, amerikalik jangchilar Mett Mitrion va Roy Nelson ishtirok etadi. Musobaqada, shuningdek, yarim og‘ir vazndagi yana 4 amerikalik jangchi: Bellator’ning yarim og‘ir vazndagi amaldagi chempioni Rayan Beyder, UFC’ning sobiq chempioni Kuinton Jyekson, Strikeforce’ning sobiq chempioni Muhammad Laval va Cheyl Sonnen ishtirok etadi.
“Bu biz uchun muhim hodisa bo‘ladi. Biz 8 nafar jangchini o‘zaro bellashtiramiz va g‘olib og‘ir vazn chempioni bo‘ladi. Biz tashkil etayotgan janglar muxlislar ko‘rmoqchi bo‘lgan janglardir. Ishoning, sizni ajoyib musobaqa kutmoqda”, deb aytgan Koker.
Musobaqaning janglari bir vaqtda o‘tkazilmay, balki butun yil davomida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa finali 2018 yil dekabriga rejalashtirilgan. Janglar o‘tadigan sana va joylar yaqin orada ma'lum qilinadi.
Yemelyanenko 24 iyulda Nyu-Yorkda Bellator’dagi ilk jangida amerikalik jangchi Mett Mitrionga birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yutqazgan. Umuman olganda rossiyalik jangchi hisobida MMA’da o‘tkazilgan janglarda 36 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor.











