Yemelyanenko tan olishicha, unga Makgregorning xatti-harakatlari yoqmaydi. «U (Makgregor) birinchi navbatda o‘z tilini, gapirayotgan gaplarini nazorat qilishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi rossiyalik. 

Shuningdek, u o‘z hamyurti Habib Nurmagomedov haqida fikr bildirib, uni «madaniyatli, ijobiy jangchi», deb ta'rifladi. Shu bilan birga, Yemelyanenkoning qayd etishicha, UFC chempionini shaxsan deyarli tanimaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yemelyanenko Nurmagomedovning xatti-harakatlari haqida gapirgandi.