Aviakompaniya hisobotida aytilishicha, uning 2017 yil 3-choragidagi sof daromadi 939 mln dollarni tashkil qilgan. Bunday yuqori natija birinchi navbatda yil boshidan beri qo‘llanib kelinayotgan moliyaviy intizom bilan bog‘langan.

Ko‘rsatilgan davr ichida aviakompaniyaning operatsion daromadi 956 mln dollarni tashkil qilgan. 3-chorakda kompaniyaning ham yo‘lovchi, ham yuk tashishdan oladigan daromadlari oshgan.   

Turkish Airlines’ning 3-chorakdagi umumiy daromadi 23 foizga oshib, 3,6 mlrd dollarga yetgan.

Aviakompaniyaning 3-chorakdagi daromadi soliqlar hisobga olinmaganda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizga oshib, 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Shu tariqa aviakompaniya dunyoning eng serdaromad aviakompaniyalaridan biri sifatidagi mavqeini saqlab qolishga erisha oldi.