Nima bo‘ladi?
Interfaol uslubda o‘tadigan seminar-treningda quyidagi mavzularda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi:
"Bir muammoga qayta-qayta duch kelmaslik uchun"
"Xarakterni o‘zgartirish mumkin"
"Omad bor narsami?"
"Kasb tanlashda ikkilanyapsizmi?"
"Do‘stlarim ko‘p bo‘lishini istayman"
"Nega ota-ona va ustozlarni xafa qilmaslik shart?"
Mashg‘ulotlarni kim olib boradi?
Seminar-trening mashg‘ulotlarini "Lily Education" NTM asoschisi, 25 yillik pedagogik tajribaga ega murabbiy Nilufar Haydarova o‘tkazadi. U uzoq yillardan beri o‘quvchi yoshlarning psixologiyasi va ruhiyatiga qiziqib, turli seminar-treninglar tashkil etib kelgan.
Trening kimlar uchun?
Seminar-treningda 15-20 yoshda bo‘lgan barcha o‘g‘il-qiz qatnashishi mumkin. Mashg‘ulotlar mutlaqo bepul va beg‘araz tashkil etilmoqda.
Qachon va qayerda o‘tkaziladi?
Mazkur psixologik seminar-trening shanba, 14 oktabr kuni soat 17:00da Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan "Lily Education" NTM o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi. Avvaldan joylarni muvofiqlashtirish maqsadida, treningda ishtirok etishni istagan yoshlar shanba, 14 oktabr kuni soat 12:00ga qadar o‘quv markazga tashrif buyurib ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi.
“Lily Education” o‘quv markazi
Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 144/1
Mo‘ljal: “Novza” metrosi
Telefon: +998 71 278 77 72
Sayt: Liledu.uz
Instagram: http://instagram.com/lily_education
Email: [email protected]










