40 yoshli Isoqov avgust oyi oxirida mamlakat parlamenti bosh vazir Sooronbay Jeenbekov iste'fosidan keyin uning nomzodini tasdiqlagan edi. "Ha, ular qizchali bo‘lishdi. U yakshanba kuni (1 oktabr) ertalab dunyoga keldi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Qirg‘iz bosh vaziri oilasidagi to‘rtinchi qizdir. U Bishkekdagi tug‘uruqxonalaridan birida dunyoga kelgan.
Hukumat rahbarining rafiqasi 36 yoshda bo‘lib, u ruhshunosdir.











