AQShning dovullarni o‘rganish milliy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda “Li” ichidagi shamol tezligi soatiga 185 km tezlikka yetgan. U hozir shimoliy-g‘arbiy tomon soatiga 11 km tezlik bilan yo‘nalmoqda.
Atlantika okeanida oxirgi bir necha haftadan beri ketma-ket vayronkor dovullar vujudga kelmoqda. Avvalroq “Xarvi” dovuli AQShning Texas shtatiga katta talofat yetkazgandi. Undan so‘ng “Irma” dovuli Karib haavzasi orollariga, so‘ngra Floridaga yopirilgan. Bunday dovullardan oxirgisi “Mariya” bo‘lib, u ham Amerika qit'asining bir necha davlatlariga o‘z ta'sirini o‘tkazgan.










