«O‘ztreyd» kompaniyasining qayd etishicha, savdo uyi negizida o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish etuvchi doimiy shou-rum ishlaydi. 

Ma'lum qilinishicha, «O‘ztreyd» vakillari 20 sentabr kuni o‘zbek-amerika ishbilarmon doiralari ishtirokida tashkil etiladigan biznes-forumda qatnashadi. Forum ishtirokchilari savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi. 

Forum yakunida Amerikaning yirik kompaniyalari bilan savdo hamkorligi bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Xususan, to‘qimachilik mahsulotlari, quruq mevalar va O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan boshqa mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va bitimlarga erishiladi.