O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentining qabulxonasiga www.president.the-uff.com manzili orqali istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Murojaatlar elektron ko‘rinishda virtual qabulxona orqali yoki prezidentning [email protected] elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.

Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.

Virtual qabulxona orqali murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

Ushbu qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.