AQSh prezidenti Donald Tramp “Irma” dovulidan jabr ko‘rgan Puerto-Riko va Virginiya orollariga yaqin kunlarda tashrif buyurmoqchiligini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Prezident yaqin orada Puerto-Riko va Virginiya orollariga tashrif buyurishga umid qilayotganini aytdi”, deb Tramp bilan samolyot bortida o‘tgan brifing natijalariga ko‘ra ma'lum qilishgan prezident press-puli muxbirlari.
Ta'kidlanishicha, Tramp bundan avval “Irma”dan jabr ko‘rgan yana bir hudud – Florida shtatiga tashrif buyurgandi.











