Xiaomi uch gadjyetni yuzlar ko‘rinishida tasvirladi. Shu bilan birga, ularning har birida soqol va sochlar displeyni cheklovchi ramkalarni anglatadi. Shu tariqa, kompaniya Mi Mix 2 boshqa uskunalar bilan taqqoslaganda, kattaroq ekranga ega ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Tvitter foydalanuvchilari esa bu vaziyatni Apple ustidan kulishga bo‘lgan urinish sifatida qabul qilishdi, sababi iPhone 8 bu sxemada o‘z raqobatchilariga qaraganda eng yomon ko‘rinishda tasvirlangan.

Avvalroq 12 sentabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilayotgani xabar berilgandi.