Vashington universiteti taddqiqotchilari yaratgan bu dastur PupilScreen deb ataladi va qorachig‘ning yorug‘likka reaksiyasini (qorachig‘ refleksi) kuzatish yordamida ishlaydi. Bu usul bosh miya jarohatlarini aniqlash uchun anchadan beri qo‘llab kelinadi.

Korachig‘ refleksi jiddiy jarohatlarni baholash uchun qo‘llangan bir paytda, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu usul yengil miya chayqalishlarini ham aniqlashga imkon berishini ko‘rsatdi. Shu sababli olimlar qurollanmagan ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydigan nuqsonlarga qorachig‘ refleksini tahlil qilishda smartfon kamerasini qo‘llaydigan dasturni yaratishdi. 

Smartfondagi chaqnoq qorachig‘ni qo‘zg‘atish uchun xizmat qiladi. Dastur algoritmlari esa yorug‘lik signali berilishiga qorachig‘ o‘z shaklini qanday o‘zgartirganini aniqlaydi. Tadqiqotchilar yangi dasturni ham sog‘, ham jarohat olgan 48 kishida sinovdan o‘tkazishdi. Ular dasturni qo‘llab, bosh miya jarohatlarini 100 foizlik aniqlik bilan tashxislashga erishdilar. 

Yaqin oylarda olimlar kengroq klinik sinovlar o‘tkazish va hozircha qo‘llanishi vaqtida xonaning yorug‘ bo‘lishini talab qiladigan texnologiyani yaxshilash ustida ishlashni rejalashtirishgan.