Kashf qilingan son 9194441048576 + 1'ga teng bo‘lib,  6253210 belgiga ega. U eng katta mashhur oddiy sonlar ro‘yxatida 12-o‘rinni egallagan. 

9194441048576 + 1 soni PrimeGrid taqsimlangan hisob-kitoblar loyihasi doirasida Aggie the Pew jamoasining Silvanus Tsimmerman kompyuterida topilgan. 

Mashina parametrlari: Nvidia GeForce GTX 1060 videokartasi, 3.20 Gts chastotali Intel Xeon E3-1225 v3 protsessori, 8 Gb operativ xotira, Microsoft Windows 10 Pro operatsion tizimi. 

Tekshiruv Tsimmerman natijasining to‘g‘riligini tasdiqladi. Umumlashtirilgan Ferma raqami a2n + b2n ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, 9194441048576 + 1 raqami n = 20 uchun birinchi shunday son bo‘ldi.