Qasrning balandligi 16,68 metrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, bu taxminan 5 qavatli uyning balandligiga teng. Qasr qurilishiga 3,5 tonna qum sarflangan.
Ginnes rekordlar kitobi vakili ushbu qum qasrini dunyodagi eng balandi sifatida qayd qilgan. Ushbu qasr 14,84 metrni tashkil qilgan avvalgi rekordni ortda qoldirgan.
Rekordchi qasr kamida 24 sentabrgacha turishi kutilmoqda.











